Veb Ilova UI/UX

Chovkar - fermer xo'jaliklari uchun boshqaruv tizimi.

Fermer xo'jaliklari uchun zamonaviy veb ilova - qulay boshqaruv paneli, tezkor ishlash va barcha qurilmalarga moslik.

Mijoz Chovkar
Yo'nalish Qishloq xo'jaligi
Format Veb ilova
Yil 2026
Chovkar sayti - bosh sahifa
Vazifa

Xo'jalikni daftar bilan boshqarish davri tugadi.

Chovkar uchun oddiy sayt emas, har kuni ishlatiladigan veb ilova kerak edi. Foydalanuvchi - texnologiya bilan doim ishlamaydigan odam, shuning uchun interfeys birinchi kirishdayoq tushunarli bo'lishi shart edi. Asosiy qiyinchilik ma'lumot hajmini soddalik bilan muvozanatlashda edi: barcha kerakli ko'rsatkichlar qo'l ostida bo'lsin, lekin ekran ortiqcha yuklanmasin.

Yechim

Biz nima qildik.

01

Foydalanuvchi ssenariylarini o'rganib, tuzilma qurish

Avval fermer kun davomida qaysi amallarni eng ko'p bajarishi aniqlandi. Shu ssenariylar asosida menyu va ekranlar tartibi tuzildi - eng ko'p ishlatiladigan amal doim bir bosish narida turadi.

02

Qulay boshqaruv paneli

Asosiy ko'rsatkichlar bitta ekranga jamlandi. Foydalanuvchi tizimga kirgan zahoti xo'jalikning umumiy holatini ko'radi va kerak bo'lsagina tafsilotlarga kiradi.

03

Katta hajmdagi ma'lumot bilan tez ishlash

Ro'yxatlar va jadvallar ma'lumot ko'payganda ham sekinlashmasligi uchun alohida optimallashtirildi. Filtrlash va qidiruv kutishsiz ishlaydi.

04

Barcha qurilmalarda bir xil tajriba

Ilova telefondan ham to'liq ishlaydi - dala sharoitida kompyuter doim qo'l ostida bo'lmaydi. Interfeys kichik ekranga qisqartirilmasdan, moslashtirilib qayta joylashtirildi.

Natija

Kundalik hisob-kitob bir nechta bosishga qisqardi.

00%
Hisobot tayyorlashga ketadigan vaqtning qisqarishi
0.0s
Boshqaruv panelining ochilish vaqti
00 kun
Loyihani ishga tushirish muddati

Ko'rsatkichlar loyiha ishga tushirilganidan keyingi davr uchun berilgan.

Ish hajmi

Loyihaga nimalar kirdi.

UI/UX dizayn
Boshqaruv paneli interfeysi
Frontend ishlab chiqish
Ma'lumotlar bilan ishlash mantiqi
Moslashuvchan verstka
Tezlik optimizatsiyasi
Test va xatolarni tuzatish
Ishga tushirishdan keyingi qo'llab-quvvatlash

Saytni jonli ko'ring.

Loyiha ishlab turibdi - myferma.uz manzilida to'liq tanishishingiz mumkin.

Saytga o'tish
Keyingi loyiha Rizqana Barcha loyihalar