Veb-sayt

Toshkentda veb-sayt yaratish — mijoz olib keladigan sayt.

Landing page'dan korporativ saytgacha: tez yuklanadigan, telefonda qulay va Google hamda Yandex qidiruvida topiladigan saytlar yaratamiz.

Instagram sahifa bor — sayt nima uchun kerak?

Mijoz xizmat qidirganda avval Google yoki Yandex'ga yozadi: "Toshkentda stomatologiya", "yuk tashish xizmati", "o'quv markazi Chilonzor". Sayti bo'lmagan kompaniya bu qidiruvlarda umuman ko'rinmaydi va mijoz raqobatchiga ketadi. Veb-sayt — bu kechayu kunduz ishlaydigan, sizni qidiruvda ko'rsatadigan va mijozga ishonch beradigan asosiy raqamli manzil.

Biz saytni chiroyli ekran uchun emas, natija uchun quramiz: har bir sahifa aniq maqsadga — qo'ng'iroq, ariza yoki Telegram'ga yozishga — olib boradi. Tuzilma, matnlar va texnik SEO birinchi kundan qidiruv tizimlari talablariga mos ravishda tayyorlanadi, shuning uchun sayt ishga tushgandan so'ng qayta qurish shart bo'lmaydi.

Kimga sayt kerak

Mijozlar Google yoki Yandex'da qidiradigan har qanday biznesga sayt kerak: agar siz qidiruvda bo'lmasangiz, bu mijozlar raqobatchilarga ketadi. Ko'pincha bizdan sayt buyurtma qiladiganlar:

  • —Klinikalar va tibbiyot markazlari — xizmatlar, shifokorlar, narxlar va onlayn qabulga yozilish (KBR Dental, Vertebro Clinic, Humotib).
  • —Xizmat ko'rsatish kompaniyalari — xizmatlarning tushunarli tavsifi, narxlar va bir bosishda Telegram orqali ariza (Munfareed Logistics).
  • —Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji sotuvchilar — dilerlar va hamkorlar uchun mahsulot katalogi (Solid Industries).
  • —Brendlar — boshqa bozorlarga chiqish uchun bir necha tildagi sayt (XGENS LABS, IRON FUEL).
  • —Agentliklar va konsalting — siz uchun sotadigan portfolio va keyslar (Aura Agency).
  • —O'quv markazlari va onlayn maktablar — kurslar, jadval va yozilish (RoboSTEAM).

Toshkent, O'zbekistonning boshqa shaharlari va xorijdagi mijozlar bilan o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaymiz.

Toshkentda qanday saytlar yaratamiz

Landing page

Bitta xizmat yoki aksiya uchun bir sahifali sayt. Reklamadan kelgan mijozni arizaga aylantirishga mo'ljallangan.

1–2 hafta $100 dan

Vizitka sayt

Kompaniya haqida, xizmatlar, narxlar va aloqa — kichik biznes uchun ixcham va tez sayt.

1–2 hafta $200 dan

Korporativ sayt

Ko'p sahifali sayt: xizmatlar, loyihalar, blog, jamoa, bir nechta til. O'rta va yirik kompaniyalar uchun.

3–6 hafta

Katalog sayt

Mahsulotlar katalogi filtr va qidiruv bilan. Onlayn to'lov kerak bo'lsa — internet-do'kon formatiga o'tadi.

3–5 hafta

Sayt yaratish narxiga nimalar kiradi

  • —Shablonsiz, brendingizga mos individual dizayn
  • —Telefon, planshet va kompyuterga to'liq moslashuv
  • —Matn, rasm va sahifalarni o'zingiz boshqaradigan admin panel
  • —Boshlang'ich SEO: sarlavhalar, meta teglar, sitemap, structured data
  • —Yuqori tezlik: rasmlar va kod optimallashtiriladi
  • —Google Analytics va Yandex Metrika ulash
  • —Domen va hostingni ulashda yordam, ishga tushirilgandan keyingi texnik qo'llab-quvvatlash

Muddat

Landing page va vizitka sayt 1–2 hafta, korporativ sayt 3–6 hafta ichida tayyor bo'ladi. Aniq muddat sahifalar soni va funksiyalarga bog'liq.

Narxi

$100 dan

Yakuniy narx funksiyalar va dizayn murakkabligiga bog'liq. Aniq hisob-kitob bepul.

Barcha narxlar

Qaysi saytni tanlash kerak: landing page, vizitka, korporativ yoki katalog

Bitta xizmat sotsangiz — landing page yetarli, kompaniya haqida qisqacha aytib berish kerak bo'lsa — vizitka sayt. Xizmat yoki mahsulotlar ko'p bo'lsa, korporativ sayt yoki katalog kerak bo'ladi.

Sayt turiKimga mosMuddatNarxi
Landing pagebitta xizmat, aksiya yoki reklama kampaniyasi1–2 hafta$100 dan
Vizitka saytkichik biznes: kompaniya haqida, xizmatlar, narxlar, aloqa1–2 hafta$200 dan
Korporativ saytko'p xizmat, loyihalar, blog, jamoa, bir necha til3–6 haftaindividual
Katalog saytmahsulot ko'p, lekin savdo qo'ng'iroq yoki Telegram orqali3–5 haftaindividual
Internet-do'konsavatcha va Click yoki Payme orqali onlayn to'lov kerak3–6 hafta$300 dan

Nima kerakligini bilmayapsizmi? Bepul maslahatda avval biznesingiz nima bilan shug'ullanishini tushunib olamiz va haqiqatan yordam beradigan yechimni tavsiya qilamiz. Ba'zan bu sayt emas, balki Telegram bot yoki CRM bo'ladi.

Toshkentda sayt yaratish narxi qancha

ArtLife Web Studio'da sayt yaratish narxi landing page uchun $100 dan, vizitka sayt uchun $200 dan boshlanadi; korporativ sayt va katalog narxi alohida hisoblanadi. Yakuniy narxga quyidagilar ta'sir qiladi:

  • —sahifalar soni;
  • —funksiyalar: onlayn to'lov, shaxsiy kabinet, filtrlar, kalkulyatorlar;
  • —integratsiyalar: Telegram bot, CRM, to'lov tizimlari;
  • —tillar soni;
  • —dizayn va animatsiyalar murakkabligi.

Boshlang'ich narx $100 — o'z saytini kichik biznes ham qila olishi uchun. Shunda ham dizayn noldan chiziladi, narxga esa telefonga moslashuv, admin panel, boshlang'ich SEO, analitika va .uz domen allaqachon kiradi. Ko'pchilik loyihalar uchun oldindan to'lov — 50%. Batafsil — «Sayt yaratish narxi 2026» maqolasida.

Sayt qanday yaratiladi: 4 bosqich

Brif va tahlil

Biznesingiz, mijozlaringiz va raqobatchilarni o'rganamiz, sayt tuzilmasini kelishamiz.

Prototip va dizayn

Sahifalar sxemasi, so'ng vizual dizayn. Har bosqichda tasdiqlab borasiz.

Dasturlash va kontent

Saytni yig'amiz, matnlar va rasmlarni joylaymiz, admin panelni sozlaymiz.

Test va ishga tushirish

Barcha qurilmalarda tekshiramiz, SEO sozlamalari bilan domenga joylaymiz.

Sayt ishga tushgandan keyin nimalarga ega bo'lasiz

Ishga tushgandan so'ng sayt to'liq sizga tegishli bo'ladi, birinchi 6 oy esa uni bepul qo'llab-quvvatlaymiz.

  • —Hammasi sizning nomingizda. Har bir mijoz uchun alohida Google akkaunt ochamiz: domen, hosting, kod va ma'lumotlar bazasi shu akkauntda. Studiyaga bog'liq bo'lib qolmaysiz.
  • —6 oy bepul qo'llab-quvvatlash. Xatolarni tuzatamiz va sayt ishi bo'yicha savollarga javob beramiz.
  • —Admin panel. Matn, rasm, narx, sahifa va blog maqolalarini dasturchisiz o'zingiz o'zgartirasiz.
  • —Analitika. Google Analytics va Yandex Metrika mijozlar qayerdan kelayotganini ko'rsatadi.

Sayt yashab tursa, mijoz olib keladi. Yangiliklar, ishlaringiz va blog maqolalarini kamida oyiga bir marta qo'shib boring — shunda sayt qidiruvda o'sadi.

Loyihalarimizdan

Klinikalar, marketing agentligi va logistika kompaniyasi uchun yaratgan saytlarimiz — har biri o'z auditoriyasiga mos tuzilma va dizayn bilan.

Sayt yaratish bo'yicha ko'p beriladigan savollar

Landing page narxi $100 dan, vizitka sayt narxi $200 dan boshlanadi. Korporativ va katalog saytlar narxi sahifalar soni va funksiyalarga qarab hisoblanadi. Dastlabki suhbat va aniq hisob-kitob bepul.

Landing page va vizitka sayt odatda 1–2 hafta, korporativ sayt 3–6 hafta ichida tayyor bo'ladi. Muddat shartnomada aniq belgilanadi.

Ha. Har bir saytga admin panel ulanadi: matn, rasm, narx va yangi sahifalarni dasturchisiz o'zingiz o'zgartirasiz. Ishga tushirishda qisqa yo'riqnoma beramiz.

Ha. .uz zonasidagi domen sayt narxiga kiradi; .com yoki boshqa domen kerak bo'lsa, uni har yili o'zingiz uzaytirasiz. Hostingni biz sozlaymiz, domen va hosting esa sizning nomingizga rasmiylashtiriladi.

Har bir saytga boshlang'ich SEO sozlamalari kiradi va uni Google Search Console hamda Yandex Webmaster'ga ulaymiz. Raqobatli so'rovlarda yuqori o'rinlar esa vaqt, kontent va muntazam ish talab qiladi — buni ochiq aytamiz.

Yo'q. Har bir saytni noldan loyihalaymiz: bir nechta dizayn variantini ko'rsatamiz, siz yoqqanini tanlaysiz, biz esa uni brendingizga moslab takomillashtiramiz.

Odatda logotip yetarli. Tuzilma va dizaynni o'zimiz tayyorlaymiz, matnlarni esa sizning ma'lumotlaringiz asosida yozishga yordam beramiz. O'zingizning rasm va videolaringiz bo'lsa, sayt yanada kuchliroq chiqadi.

Ishga tushgandan keyin 6 oy: xatolarni tuzatamiz va sayt bo'yicha savollarga yordam beramiz. Undan keyin ham abonent to'lovi yo'q: server ishlamay qolsa, sababini bepul aniqlab, tuzatib beramiz.

Odatda yo'q. Saytni bepul serverga joylaymiz, u taxminan 1 000 foydalanuvchigacha yetadi. Loyiha 10 000 va undan ortiq foydalanuvchigacha o'ssa, pullik server kerak bo'ladi — qaysi birini tanlashni maslahat beramiz.

Sayt buyurtma qilish bo'yicha bepul maslahat oling.

Vazifangizni yozing — muddat va taxminiy narxni aytamiz.